English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Go‘zallik vositalari har bir xonadonda
17:45 / 2015-01-26

“Eclair” va “Spuma” brendlari ostidagi o‘ttiz olti xil rangdagi krem-bo‘yoqlar, yuzdan ziyod turdagi shampun va balzamlar, suyuq sovun, qo‘l, yuz, oyoq hamda bolalar kremlari iste’molchilarga yaxshi tanish.

7c (3).JPGTurmush darajasi yuksalgani sari insonning o‘ziga, oilasiga e’tibori ham ortib boraveradi. Ozoda va sog‘lom yashashga, yaxshi ko‘rinishga harakat qiladi.

Mamlakatimizda aholining maishiy sharoitlari yaxshilanib, hayot sifati izchil yuksalmoqda. Buni kosmetika mahsulotlari, sanitariya-gigiyena vositalariga talab oshib borayotganidan ham bilish mumkin.

Toshkent shahridagi “Eclair Cosmetic” O‘zbekiston – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasida ana shunday xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 2011-yildan buyon faoliyat yuritayotgan qo‘shma korxona soch va terini parvarishlash vositalari bilan mamlakatimiz kosmetika bozorida mustahkam o‘rin egallagan. “Eclair” va “Spuma” brendlari ostidagi o‘ttiz olti xil rangdagi krem-bo‘yoqlar, yuzdan ziyod turdagi shampun va balzamlar, suyuq sovun, qo‘l, yuz, oyoq hamda bolalar kremlari iste’molchilarga yaxshi tanish. 

Korxona mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsatnomasiga ega ekani, dermatologik va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini sertifikatlash talablariga to‘la javob berishi bilan aholi ishonchini qozongan. 

Mamlakatimizdagi iqtisodiy erkinlik samarasida qo‘shma korxona faoliyati tobora rivojlanib, ishlab chiqarish hajmi yildan yilga o‘smoqda. 2014-yilda bu yerda to‘rt yarim million donaga yaqin mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni besh millionga yetkazish rejalashtirilgan. 

– E’tibor, imkoniyat bo‘lgan joyda ish olg‘a siljiyverar ekan, – deydi qo‘shma korxona menejeri Erkin Manzurov. – Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida biznes yuritish uchun yaratilgan imtiyoz va kafolatlar samarasini o‘z korxonamiz misolida ko‘rib turibmiz. Qisqa vaqtda ichki bozorni to‘ldirish bilan birga tashqi bozorlarga chiqishga ham muvaffaq bo‘ldik. Bugungi kunda mahsulotlarimiz Janubiy Osiyo va MDH mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish hajmini izchil oshirish, eksport geografiyasini yanada kengaytirish – asosiy maqsadimiz. 

Ayni vaqtda qo‘shma korxonada qirqqa yaqin yigit-qiz mehnat qilmoqda. Ularning malakasini muntazam oshirib borish, tajriba almashish maqsadida Germaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya kabi mamlakatlar mutaxassislari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

“Eclair Cosmetic” mamlakatimizning barcha hududida distribyutorlik tizimiga ega. Bu mahsulotlarni aholiga o‘z vaqtida yetkazish, iste’molchilarning kompaniya mahsulotlariga talabi va munosabatini doimiy o‘rganish hamda mahsulot sifatini oshirib borish imkonini bermoqda.

Qish oxirlab, bahor kelishiga oz fursat qolgan ayni kunlarda korxonada ish yanada qizg‘in. Kelinchak faslda kosmetika mahsulotlariga talab ortadi. Bunday mahsulotlar, ayniqsa, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramida go‘zal ayollarimizga ajoyib sovg‘a bo‘ladi.