English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Go‘zallik va nafosat bayrami
17:27 / 2015-07-28

Andijon viloyatida 20 mingdan ziyod xotin-qiz zamonaviy sharoitda sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Ularga mingdan ziyod murabbiya turli sport sirlarini o‘rgatayotir.

Andijon viloyatida 20 mingdan ziyod xotin-qiz zamonaviy sharoitda sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Ularga mingdan ziyod murabbiya turli sport sirlarini o‘rgatayotir. 

Ayni paytda 112 ming nafarga yaqin xotin-qiz ommaviy sport turlariga jalb etilgan. Bu, o‘z navbatida, oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismonan barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, viloyat hokimligi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida Andijonda o‘tkazilgan ayollar sport festivalida shular haqida so‘z yuritilib, Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, ularning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan sharoitlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi. 

Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligiga bag‘ishlab “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan festivalda 16 jamoa yengil atletika, voleybol, gimnastrada, shaxmat-shashka, suzish, darts, stol tennisi bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Andijon shahri vakillari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Oltinko‘l tumani jamoasi ikkinchi, Andijon tumani jamoasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.