Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Globallashuv sharoitida zamonaviy tahdidlar va ekologik muammolar
09:38 / 2018-01-07

Bugungi kunda jahonda e’tibor talab etilayotgan muammolardan biri buekologik tahdidlar o‘zining globalligi bilan alohida ajralib turibdi. Tabiiy voqeliklarni anglagan xolda, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlab, salbiy holatlarni tuzatishga ijobiy tarzda yondashib, tabiat qonunlarini hisobga olib, ekologik muammolarni fan-texnika yutuqlari asosida xal qilish muhim omillardan hisoblanadi. Hech kimga sir emaski jahonda asosiy tahdid solayotgan xavflardan biri sifatida ekologik muammolarni bartaraf etish masalalaridir. Shundan kelib chiqqan holda fikrimizcha, hozirgi globallashuv sharoitida iqtisodiyotni barqaror o‘sishiga xavf soladigan zamonaviy tahdidlar quyidagilar:

1.Jahonda davom etayotgan iqtisodiy moliyaviy inqirozlar; 

2.Kuchayib borayotgan ekstremizm, terrorizm va narkotik moddalar savdosi;

3.Mamlakatda mavjud korrupsion va xufyona iqtisodiyot elementlari; 

4.Ishchi kuchlarning davlatlararo harakati (migratsion tahdid); 

5.Jahonda ro‘y berayotgan har xil urushlar (harbiy,siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy); 

6. Ekologik muammolar. 

Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “.... Mamlakatimizda ekologiyaning jiddiy muammolarni hal qilish masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi” haqida to‘xtalib o‘tilgan. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Butun jaxonda xavf solayotgan muammolardan bo‘lgan ekologiya masalasiga davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” asarida juda muhimligi e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida ekologik tahdidlar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tilgan. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida ekologik omillar mohiyati atrof muhitning organizmlar faoliyatiga o‘ziga xos ta’sir etuvchi ma’lum sharoitlari va elementlari majmui deb tarif berilgan. Inson farovonligini ekologik inqiroz hisobiga oshirish yaqin kelajakda o‘zining salbiy oqibatlarini ko‘rsatishi aniq . Uning yagona yo‘li ekologik iqtisod yoki yashil iqtisodga o‘tishdir. Jahonda xavf solayotgan tahdidlardan ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha, butun jahon xamjimyati birgalikda bir yoqadan bosh chiqargan holda hal etilishi lozimligin alohida ta’kidlash zarur. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida mavjud tahdidlar to‘g‘risida quyidagilarni qayd etdi: 

Birinchidan. O‘zbekiston xavfsizlikning yaxlitligi haqidagi asosiy tamoyillardan birini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Xavfsizlik - uzluksiz holatdir, hadsiz-hududsizdir. 

Ikkinchidan. “Sovuq urush” barham topganidan keyin yalpi xavfsizlikka asosiy tahdidni etnik, mintaqaviy, mahalliy mojarolar va davlatlar ichidagi jangari separatizm solmoqda.

Uchinchidan. O‘zbekiston o‘zining jo‘g‘rofiy-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo‘lga qo‘yilmagan mintaqada joylashgan. Bu ham tahdid tug‘diruvchi sababdir. O‘zbekiston amalda Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazidir. Ya’ni, bu yarim halqa atrofida butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida yaqin yillarda Yevroosiyo va jahon kelajagi uchun hal qiluvchi rol o‘ynaydigan energiya zaxiralari mavjud. To‘rtinchidan. Mintaqaviy nizolar ko‘pincha terrorizm va zo‘ravonlik, narkobiznes va qurol-yaroq bilan qonunsiz savdo qilish, inson huquqlarini ommaviy suratda poymol etish kabi xavfli tahdidlarning doimiy manbaiga aylanib bormoqda.

Beshinchidan. Shunga ishonchimiz komilki, xalqaro munosabatlar amaliyotida har bir mustaqil mamlakatning o‘z milliy manfaatlariga muvofiq, o‘z mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash maqsadi bo‘lishi lozim. U yoki bu xalqaro tizimlarda va kollektiv xavfsizlik shartnomalarida qay darajada qatnashishini ularning o‘zi belgilash huquqi nazarda tutilishi zarur. 

Oltinchidan. Bizning nazarimizda, ekologik va yadroviy xavfsizlik muammolari alohida e’tiborni talab qiladi. Tadqiqot metodologiyasi 2017 yilda insoniyatga ekologik va geosiyosiy muammolar xatar soladi. Bunday fikrga Davos shahridagi butun jahon iqtisodiy forumi mutaxassislari kelishdi. Bu haqda global xatarlar haqidagi har yili ma’ruza “Global Risks Report 2017”*da aytilgan. Mutaxassislar hammasi bo‘lib 30 ta global xatar hamda ular orasidagi nisbatni kuchaytirishi yoki o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 13 ta tendensiyani belgilab olishdi. Xatarlar 5 ta: iqtisodiy, ekologik, geosiyosiy, ijtimoiy va texnologik тоиfаlаrgа bo‘lingan. O‘tgan yilga nisbatan xatarlarning tarkibi deyarli o‘zgarmagan. Yagona istisno-“mintaqaviy va global boshqaruvning nosamaradorligi” xatari bo‘lib, u mintaqaviy va global tuzilmalarning iqtisodiy, geosiyosiy va ekologik muammolarni halqilishga qodirmasligi sifatida belgilanadi. 2017 yilning yuz berishi ehtimoli eng katta xatarlari orasida uchtasi ekologiya, uchtasi geosiyosat sohasiga tegishli bo‘lib, ekologik xatarlar yuqoriroq turmoqda. Bular ekstremal ob-havo sharoitlari va katta ko‘lamli ekologik falokatlardir. O‘tgan yili iqlim o‘zgarishi sohasida anchagina taraqqiyotga erishilgan: 100 dan ko‘proq davlat, jumladan AQSH va Xitoy 2015 yilgi iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini ratifikatsiya qilishdi. Bu kelishuv atmosferada karbonat angidrid miqdorini kamaytirish bo‘yicha choralarni ko‘zda tutadi. Biroq Yevropa va Shimoliy Amerikadagi siyosiy sohalardagi o‘zgarishlar bu yutuqlarga xatar soladi, deb ogohlantirmoqdalar mutaxassislar. Shuni aytish mumkinki, xavf soladigan tahdidlar ichida ekologik muammolar muhim ahamiyatga egadir. Shunday ekan, ekologiya va ekologik muammolar nima? U qanday xavfli tahdidga ega? 1866-yili nemis biologi Ernst Gekkel o‘zining “Organizmlar umumiy morfologiyasi” “Generelle Morphologie der Organismen” nomli kitobida ilk bor kelib chiqishi yunoncha tushuncha bo‘lgan oikos (uy) va - logos (o‘rganish) so‘zlaridan ekologiya so‘zini yaratdi. U ekologiya tirik organizmlar orasidagi va ularning atrof-muhit bilan o‘zaro munosbatlarini o‘rganuvchi fan degan. Ekologiyaning bosh maqsadi insoniyatni global ekologik inqirozdan “barqaror rivojlanish”ga olib chiqishdir. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida ekologiya quyidagicha ifodalangan: (Yunoncha oikos -uy, turar joy va ekologiya) - organizmlardan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (eksosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni o‘rganadigan biol fanlar majmui . Ushbu ensiklopediyada ekologik omillar mohiyati atrof muhitning organizmlar faoliyatiga o‘ziga xos ta’sir etuvchi ma’lum sharoitlari va elementlari majmui” deb e’tirof etilgan.

Tahlil va natijalar Jahon amaliyotida bugungi kunda zamonaviy ekologiya quyidagilarga bo‘linib o‘rganilmoqda. Ekologik muammolar butun dunyo mamlakatlarining yechimini kutayotgan muammolardan biridir. Shuning uchun ham bu muammo bilan jahon hamjamiyati shug‘ullanmoqda.Ekologiya muammosi yuqori darajada atrof-muhit muhofazasi mavzusi ilk marotaba 1972 yili Stokgolmda mazkur mavzuga bag‘ishlangan BMT Konferensiyasida ko‘tarilgan. Bo‘lib o‘tgan ushbu anjumanda “inson farovon va yuqori qadr-qimmatga ega hayotni taqozo etadigan muhitda yashamog‘i lozim” deyilgan. 

Zamonaviy ekologiya turlari Hozirgi kunda ekologik muammolarni murakkab, ko‘p qirrali va qaramaqarshi kuchlardan, umuminsoniyat talabiga javob beradigan ekologik strategiya, ekologik ilmiy tadqiqod natijalar ishlab chiqilishiga sabab bo‘lmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimiz va xalqaro miqyoslarda ekologiya va atrofmuxitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan samarali tadbirlar tufayli tabiatga yetkazilayotgan ta’sir darajasini kamayishiga erishiladi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidan kelib chiqqan xolda atrof-muhitning ifloslanishi, ekologiyaning yomonlashuvini oldini olish orqali, ya’ni kelajak avlod uchun tabiatni saqlash, inson va tabiat uyg‘unlashuvini ta’milash imkonini beradi. Har bir mamlakatga iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rejalar asosida barqaror rivojlanishning milliy strategiyasini ishlab chiqish 2000 yili Ming yillik sammitida jahonning yetakchi davlatlari BMTning ming yillik deklaratsiyasini qabul qilib, unda Ming yillik rivojlanish maqsadlari belgilab berilgandi. Maqsadlarning biri ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘lib unda: - 2010 yili biologik xilma-xillikningyo‘qolishini kamaytirish; - 2015 yili toza ichimlik suv iste’molidan mahrum bo‘lgan aholisonini ikki barobarga kamaytirish; - 2020 yili 100 million nafar qashshoqlikda kun kechiruvchi aholi hayotining farovonligini oshirish ko‘zda tutilgan edi. 2002 yili Yoxannesburgda (VSUR 2002) Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan Butunjahon sammitida “Siyosiy deklaratsiya” va “Barqaror rivojlanish bo‘yicha oliy darajada Butun jahon uchrashuvlar qarorlarini bajarilish rejasi” qabul qilindi. Umuman olganda Dunyo miqyosidagi ekologik muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlik munosabatlarni o‘rnatishda qo‘yidagilarga e’tibor qaratish zarur: - tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik tizimining shakllantirish, tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy shartsharoitlar yaratish; - ekologik muammolarni hal etishdagi hamkorlikning tajriba, milliy asosiy yo‘nalishlari, atrof-muhitni muhofaza qilishda xalqaro tashkilotlarning ahamiyatini oshirib borish; - atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikning bitim va dasturlarini ishlab chiqish; - O‘zbekistonning tabiat muhofazasi sohasida davlatlararo hamkorlik ekologik vaziyatni mahalliy, milliy, regional va global darajada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratish. Mazkur muammolarni hal etish va barqaror rivojlanishga o‘tish uchun biosferaning ekologik salohiyatidan o‘ylab, reja asosida, unga zarar yetkazmagan holda foydalanish lozim. Ekologik inqirozning kelib chiqishiga asosiy sabab esa iqtisodiy o‘sish va jamiyatning iste’molchilik salohiyatining oshganligidir. Inson farovonligini ekologik inqiroz hisobiga oshirish yaqin kelajakda o‘zining salbiy oqibatlarini ko‘rsatishi aniq. Uning yagona yo‘li ekologik iqtisod yoki yashil iqtisodga o‘tishdir. Yashil iqtisod bu quvvatni tejovchi buyumlarni ishlab chiqarish, muqobil energiyadan foydalanish, atmosferaga zaharli gazlarni chiqarmaydigan, elektr quvvati bilan yuradigan transportdan foydalanish, suvni tejash, tuproq unumdorligini oshirishda kimyoviy moddalardan foydalanmaslik va hokazo. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra bugungi kundagi mavjud eko texnologiyalardan samarali foydalanilsa elektr quvvatini 2 barobar, 2025 yilga kelib avtomobillar tomonidan yoqiladigan yonilg‘ini 50 foizga tejash mumkin deyilgan. 2012 yili Rio-de-Janeyroda BMTning barqaror taraqqiyot bo‘yicha “Rio +20” nomini olgan Konferensiyasi bo‘li bo‘tdi. Sammit ochilishida so‘zga chiqar ekan, BMTning Bosh kotibi Pan Gi Mun insoniyat yangi davrga qadam qo‘yayotganligini qayd etdi. U 2040 yilga borib Yer sharining aholisi 9 mlrd.ga ko‘payishini hisobga olib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eski modeli o‘z ahamiyatini yo‘qotganligini ta’kidladi. Ma’ruzada 2030 yilga kelib dunyo aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji 50 foizga, elektr quvvatiga - 45 foizga, suv zaxiralariga esa 30 foizga o‘sishi ta’kidlandi. Buni amalga oshirish uchun esa zudlik bilan “yashil iqtisodiyot” ni joriy etish zarur, dedi Pan Gi Mun. Bugungi kunda yashil iqtisodiyotga bosqichma-bosqich AQSH, janubiy Koreya, Germaniya, Shvetsiya, Daniya, Gollandiya va boshqa rivojlangan mamlkatlar o‘tmoqda [5]. Albatta jahonda xavf solayotgan tahdidlardan ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha, butun jahon xamjamiyati birgalikda bir yoqadan bosh chiqargan xolda xal etilishi lozimligin alohida ta’kidlash zarurdir. Yer yuzida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash borasida samarali faoliyat olib borishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli kattadir. Dunyo davlatlarini o‘zaro muloqot, hamkorlik va hamjihatlikka chorlash, ularning kuch va imkoniyatlarini yaratuvchanlik yo‘lida birlashtirish, ya’ni eng dolzarb masalalarni bahamjihat hal qilish ushbu tashkilot tomonidan 2015 yilga qadar qabul qilingan Ming yillik rivojlanish maqsadlarida, 2016 yilda esa barqaror rivojlanish maqsadlarida o‘z ifodasini topdi. Ekologik muammolarni hal etishda mamlakatimizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda. Birinchi navbatda respublikamizda ekologiya va ekologik muammolarning huquqiy asosi yaratildi.Bu borada mamlakatimizda bir qator me’yoriy hujjatlar kabul qilinmoqda jumladan: - O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi; 25.05.2000 y.73-II-son. - “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi;2004 yil 3 dekabr, 710-II-son. - “ Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi;27.12.2013 y.O‘RQ-363. - “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) 21.09.2016 y. O‘RQ-409-son. - “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri);19.09.2016 y.O‘RQ-408-son. - Qonunlari va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 avgustdagi 273-son qaroriga asosida “2016 - 2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi”dasturi qabul qilindi. Xulosa va takliflar Bugungi glabollashuv sharoitida jahonda asosiy muammolardan biri buekologik muammolardir. Bu muammolarni o‘rganish asosida quyidagi xulosalarni shakllantirdik: - dunyoda xavf solayotgan xatarlar 5toifaga bo‘linadi: iqtisodiy, ekologik, geosiyosiy, ijtimoiy va texnologik; -mamlakatimizda va jahonda o‘zining xavfliligi bilan alohida o‘rin egallagan muammolardan biri bo‘lgan ekologiya xavfni bartaraf etish dolzarb bo‘lib qolmoqda; 

-ekologik tahtidlarni bartaraf etishda jahon hamjamiyatining hamkorligini mustahkamlash, kelushuv va muzokoralar orqali uning xavfini pasaytirib borish, ekologik inqirozning kelib chiqish sabablarini aniqlash, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash orqali yashil iqtisodga o‘tishdir; 

- respublikamizda ekologik muammolarni tartibga solish va hal etish borasida huquqiy asos yaratilganligi ekologik muammolarni imkon qadar kamaytirishga o‘z hissasini qo‘shadi deb hisoblaymiz. 

Xolmurodova Mehriniso Ibrohimovna

TDMRXOM o‘qituvchisi