Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Globallashuv davrida oʻzbek tilining mavqeyi
07:01 / 2020-10-22

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Globallashuv davrida oʻzbek tilining mavqei” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.


Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Globallashuv davrida oʻzbek tilining mavqei” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

Bu haqda institut matbuot xizmati OʻzA muxbiriga maʼlum qildi.

Xalqaro anjumanda respublikamizdagi koʻpgina oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, taʼlim muassasalari olimlari, tadqiqotchilar bilan birgalikda Turkiya Respublikasi Anqara universiteti, Istanbul universiteti, Qozogʻiston Respublikasi L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti kabi nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan professor-oʻqituvchilar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

“Zoom” platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etilgan anjumanda taʼkidlanganidek, oʻtgan davr mobaynida oʻzbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak darajaga ega boʻlib, Oʻzbekiston taraqqiyotining bugungi yuqori bosqichi – milliy yuksalish talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda. 2019-yil 5-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ”Davlat tili haqida“gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori mana shunday ezgu ishlarning mustahkam huquqiy asosi boʻlib xizmat qilmoqda.

Til taraqqiyoti, uning nufuzi va qoʻllanilish darajasini kengaytirish hukumatimizning doimiy eʼtiborida boʻlib kelmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonining qabul qilinishi va 21-oktyabr kunini har yili “Oʻzbek tili bayrami kuni” sifatida nishonlash ham tilimizga boʻlgan yuksak hurmat va eʼtiborning natijasi hisoblanadi.

Anjumanda oʻzbek tili atamashunosligining shakllanish va tadqiq qilinish aspektlari, xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tilini oʻrganish va xorijiy til sifatida oʻqitish masalalari, davlat tilida ish yuritishdagi muammolar, oʻzbek va boshqa turkiy tillarning oʻzaro aloqadorlik masalalariga bagʻishlangan maʼruzalar oʻqildi.