Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Global yashil o‘sish instituti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
20:14 / 2023-05-08

Tabiat resurslari vazirligida vazir o‘rinbosari hamda Global yashil o‘sish instituti (GGGI -Global Green Growth Institute)ning Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktor o‘rinbosari va rivojlanayotgan mamlakatlar departamenti rahbari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Yashil iqlim jamg‘armasi (GCF - Green Climate Fund)ning “Readiness” dasturi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, “Aral Sea GRIP” dasturini samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, “GCF” loyihalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.  

Mutaxassislar ishtirokida O‘zbekistonning milliy miqyosda belgilangan hissasini bajarish muhimligi ta’kidlanib, alohida e’tiborga loyiq bo‘lgan o‘rmon xo‘jaligi va chiqindilarni boshqarish tarmoqlariga e’tibor qaratildi.  

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik qilish yo‘nalishlari belgilab olindi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA