English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Global terrorizm indeksi reytingida O‘zbekiston eng xavfsiz mamlakatlar qatoridagi mavqeini yanada mustahkamladi
13:59 / 2019-12-02

Ta’kidlash lozimki, xalqaro ekspertlar O‘zbekistonni ushbu reytingda 2017 yilda 117-o‘rin, o‘tgan yili 132-o‘ringa joylashtirishgan edi.


Yaqinda ommaviy axborot vositalarida Iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan tuzilgan 2019 yilgi Global terrorizm indeksida mamlakatimiz 160 ta davlat ichidan 135-o‘rinni egallab, eng xavfsiz mamlakatlar qatoridagi o‘z mavqeini yanada mustahkamlaganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Ta’kidlash lozimki, xalqaro ekspertlar O‘zbekistonni ushbu reytingda 2017 yilda 117-o‘rin, o‘tgan yili 132-o‘ringa joylashtirishgan edi.

Ushbu nufuzli tahliliy tadqiqot markazi tomonidan e’lon qilingan xalqaro reyting bo‘yicha mamlakatimiz dunyoning eng xavfsiz 30 ta davlatlar qatoriga kiritilishiga IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari o‘z munosabatini bildirishdi:

IIV Malaka oshirish instituti kafedra boshlig‘i, polkovnik Bahodir Ulug‘bekov:

– Ushbu nufuzli tashkilot tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda mamlakatimizning yuqori pog‘onalarda qayd etilganini, eng avvalo Prezidentimiz tashabbuslari bilan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash “jaholatga qarshi ma’rifat” ulug‘vor g‘oyasi asosida amalga oshirilayotganligining natijasi deb bilaman.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishini samarali tashkil etish, qonunlarga hurmat ruhini rivojlantirish hamda ta’lim-tarbiya orqali yoshlarimizning qalbi va dunyoqarashiga vatanparvarlik, elu-yurtimizga sadoqat tuyg‘ularini singdirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarning mevasidir.

Qolaversa, yot g‘oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish, adashib xatosini anglab yetgan fuqarolarimizga imkon berish kabi xayrli ishlar natijasi sifatida qayd etish lozim.


IIV Malaka oshirish instituti katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Jamshid Ravshanov:

– Mazkur xalqaro e’tirofni xalqimiz, birinchi navbatda yoshlarimizning huquqiy va diniy bilimlarini kuchaytirish orqali ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olishga asoslangan milliy modelning natijasi deb bilaman.

Albatta, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, farovonlik va millatlararo o‘zaro totuvlikning qadriga yetish barchamizning burchimizdir.

Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q, albatta. Bu, avvalambor, hukumatimiz tomonidan vijdon erkinligi va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan oqilona siyosat natijasi hamdir.

O‘rganishlar diniy ekstremizm va terrorizmning nafaqat umume’tirof etilgan xalqaro qoidalar, davlatlarning milliy qonunchiligi, balki islom dini asoslariga ham zid ekanini ko‘rsatmoqda.

Shunday ekan, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda barchamiz o‘z mas’uliyatimizni his etishimiz, ogoh bo‘lishimiz, vatanimizning kelajagi uchun javobgar ekanimizni unutmasligimiz lozim.

IIV Malaka oshirish instituti katta o‘qituvchisi, mayor G‘ayrat Toshqulov:

– Bunday e’tirofga loyiq ko‘rilishning o‘zi bo‘lmaydi, albatta. Buning ortida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa davlat idoralari, jamoat va diniy tashkilotlar hamda keng jamoatchilik bilan samarali hamkorligi bo‘yicha sermahsul mehnat yotganligini ham ta’kidlab o‘tish joiz.

Bu o‘z navbatida, barchamizdan tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda faol bo‘lishni talab etadi.

Zero, bugungi kunda ko‘plab davlatlar xavfsizlik masalalarida tahlikali holatlarning guvohi bo‘lmoqda. Turli xil nizolar, din niqobidagi ekstremistik va terroristik guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan buzg‘unchilik ishlar, ularning fitnasi sababli yuzaga kelayotgan qurolli mojarolar natijasida ro‘y berayotgan mudhish oqibatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarish lozim.