Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti
13:44 / 2022-03-29

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti” mavzusidagi an’anaviy respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjuman doirasida milliy metodika va global ta’lim, mumtoz adabiyotni o‘qitish muammolari, zamonaviy adabiyot va til ta’limi masalalari, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar kabi qator ilmiy-nazariy muammolar muhokama qilindi. 

Anjumanni universitet rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov ochib berdi. Anjumanda professor Qozoqboy Yo‘ldoshevning “Globallashgan dunyo va adabiy ta’lim” , professor Qunduzoy Husanboyevaning “Uzluksiz adabiy ta’limda uy vazifalari” mavzusidagi maruzasi tinglandi. 



– Anjuman natijalari asosida ilmiy maqolalar to‘plami chop etish rejalashtirilgan, – deydi professor Qozoqboy Yo‘ldosh. – Tadbirning asosiy ishtirokchilari o‘qituvchilar bo‘lganligi uchun navbatdagi o‘tkazilayotgan anjuman o‘ziga xos tajriba maydonini o‘tamoqda. Erkin muloqot, fikr va mulohazalar tinglandi. Amaliyotchi-uslubchilarning asosli takliflari o‘rtaga tashlandi. 

Mazkur anjuman o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqish, o‘zbek tili va adabiyoti ta’limining jahon standartlari talablariga javob bera oladigan nazariy asoslarini yaratish maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, anjumanda o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasiga yangi usul va texnologiyalarni olib kirish bosh masala sifatida ko‘tarildi. 

Ilmiy-amaliy anjumanda mutaxassislar, yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etmoqda. 


D.Mamatova,  
O‘zA muxbiri