Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Global sayyohlik industriyasini yorqin kelajak kutmoqda
16:35 / 2023-05-11

Joriy yilda dunyo bo‘yicha turizmdan tushgan daromad 5 trillion AQSH dollariga yetadi. Bu 2019 yilgi ko‘rsatkichning 86,2 foizini tashkil etadi, deyiladi Xitoy jamoatchilik fanlari Akademiyasi huzuridagi turizmni o‘rganish markazi va Jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasi birgalikda e’lon qilgan ma’ruzada.

Ma’ruzada ta’kidlanishicha,  turistik safarlar soni 2022 yilda dunyo bo‘yicha 9,57 milliardga yetgan, sohadan topilgan daromad esa jami 4,6 trillion dollarni tashkil etgan.

«Jahon iqtisodiyoti asta-sekin tiklanmoqda va global sayyohlik industriyasini yorqin kelajak kutmoqda», – deydi turizmni tadqiq qilish markazi direktori Sun Juy.

2016 yildan buyon har yili e’lon qilib borilayotgan yillik ma’ruza, sayyohlik sohasidagi tendensiyalarni chuqur tahlil qilish natijasida tayyorlanadi va dunyoda turizmni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy prognozlar tayyorlashga va qimmatli maslahatlar berishga qaratilgan, deb yozadi Xitoyning «Sinxua», axborot agentligi.