French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Global rivojlanish bo‘yicha tashabbus” do‘stlari guruhi yig‘ilishi haqida
11:26 / 2022-09-22

Nyu-York shahrida Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I raisligida "Global rivojlanish bo‘yicha tashabbus” do‘stlari guruhi doirasida Vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mamlakatimiz TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda dunyoning 30 dan ziyod mamlakati siyosat idoralari rahbarlari, BMT muassasalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov o‘z chiqishida "Global rivojlanish bo‘yicha tashabbus” do‘stlari guruhi BMT tomonidan belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadiga erishishni jadallashtirish bo‘yicha fikr, ilg‘or tajriba almashish uchun muhim maydon ekanini ta’kidladi.

https://cdn3.mfa.uz/2022/09/22/05/17/2_MBNEo81Iz4_low.jpg

Mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish bo‘yicha kun tartibini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Barqaror rivojlanish maqsadining hayotga tadbiq etilishini tezlashtirish maqsadida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, jumladan, "yashil yo‘laklar" tashkil etish, iste’mol mahsulotlari yetkazib berish tizimini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish taklif qilindi.

Iqlim masalasi yuzasidan muloqotni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi. Iqtisodiyotni karbonsizlashtirish, cho‘llanishga qarshi kurash, biologik xilma-xillikni saqlash, muqobil energiyani rivojlantirish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni bajarishga qaratilgan samarali usullarni o‘rganish muhimligi qayd etildi.

 

O‘zA