“Dunyoga nazar” tahliliy dasturi
So‘nggi yillarda xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan keskin o‘zgarishlar, geosiyosiy qarama-qarshiliklar va iqtisodiy noaniqliklar davlatlardan tashqi siyosatni yanada pragmatik, muvozanatli va milliy manfaatlarga yo‘naltirilgan tarzda olib borishni talab etmoqda.
Shunday murakkab sharoitda Yangi O‘zbekiston tashqi siyosati ochiqlik, o‘zaro manfaatli hamkorlik va amaliy natijadorlik tamoyiliga asoslangan holda shakllanmoqda, deyish mumkin.
Yurtimizning xalqaro maydondagi faol diplomatik tashabbuslari, strategik sheriklik geografiyasini kengaytirish, mintaqaviy muloqot mexanizmlarini rivojlantirishga urinishi hamda global kun tartibidagi muhim masalalar bo‘yicha konstruktiv pozitsiya namoyon etishi ayni pragmatik yondashuvning yaqqol ifodasidir.
- Yangilanayotgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun qanday maqsadlar belgilangan?
- Hozirgi geosiyosiy sharoitda respublikamiz tashqi siyosati qaysi strategik maqsadlarga xizmat qilmoqda?
- Yaqin Sharq yo‘nalishidagi diplomatik faollik diyorimizning global miqyosdagi tashqi siyosiy mavqeini qay darajada mustahkamlayapti?
- O‘zbekiston – Pokiston hamkorligi mintaqaviy barqarorlik, xususan Janubiy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi muloqotga nechog‘li ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda?
O‘zA ushbu savollarga atroflicha javob berish orqali muhim jarayonlarni xolis baholash, o‘lkamiz tashqi siyosatida kuzatilayotgan asosiy tendensiyalar, muhim diplomatik qadamlar, strategik hamkorlikning mamlakat taraqqiyotiga ta’siri xususida fikrlashish uchun ekspertlarni suhbatga chorladi.
Ko‘rsatuvni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LJqoyXU9AKI" title="Global o‘zgarishlar sharoitida Yangi O‘zbekiston" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘tkir ALIMOV, Iskandar ISMATOV (videomuhandis), O‘zA