Sharh
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslar keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in kutib olindi va e’tirof etilmoqda.
Ushbu tashabbuslar mamlakatimiz tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlarni ifoda etish bilan birga, global muammolarni, mintaqaviy hamkorlik, xavfsizlik, ekologiya, logistika, xotin-qizlar va yoshlar masalalari kabi ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oldi.
Ushbu tarixiy nutqda ilgari surilgan tashabbuslarning mazmuni va ahamiyati haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Ulug‘bek Shermatov o‘z mulohazalarini bildirdi.
Qo‘mita raisi o‘z intervyusida davlatimiz rahbarining nutqida xavfsizlik masalalariga muhim yo‘nalishlardan biri sifatida urg‘u berilgani, Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratilgani, uning xalqaro maydondan chetda qolmasligi zarurligi, iqtisodiy rivojiga ko‘maklashish masalalariga to‘xtalib o‘tilganini qayd etdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dIhnFhldRps" title="Global masalalar O‘zbekiston yetakchisining nigohida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shuningdek, G‘azodagi vaziyat, terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishidagi masalalarga e’tibor qaratilganiga urg‘u berdi.
PS: Videosharhimizning to‘liq varianti bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Muhtarama Komilova,
Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA