Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Global isish Grenlandiyaning eng sovuq markaziy qismigacha yetib borgan
13:45 / 2023-01-19

Yevropa ob-havoshunoslari Grenlandiyaning markaziy qismida oxirgi yigirma yilda XX asr bilan solishtirganda harorat 1,5 daraja ko‘tarilganini aniqlashdi. Bu oroldagi barcha muzli qalpoqlar erishining tezlashayotganini bildiradi, deyiladi Germaniyaning Alfred Vegener (AWI) instituti matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

"Biz Grenlandiyaning markaziy va shimoliy hududlarida so‘nggi ming yillikdagi iqlim o‘zgarishini kuzatdik. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2001-2010 yillardagi haroratning ko‘tarilishi ming yillikning avvalgi tabiiy jarayonidan keskin farq qiladi. Bizni hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, ko‘p o‘zgarishlar global isish oqibatlari bilan bog‘liq", - deydi AWI ilmiy xodimi Mariya Xoyerxold.

Xoyerxold va uning hamkasblari global isish so‘nggi o‘n yilliklarda Grenlandiya muzligining eng sovuq hududlarigacha ta’sir ko‘rsatayotganiga dastlabki dalillarni aniqlashdi. Olimlar Grenlandiyaning 16 ta turli nuqtalaridan muz namunalarini o‘rganib, shunday xulosaga kelishganini aytishmoqda.  

Global isishning dastlabki qurbonlari sifatida Yerning qutb mintaqalari hamda tog‘lardagi  muzliklar tilga olinmoqda. Ushbu hududlarda harorat o‘tgan asrga qaraganda 4-9 daraja ko‘tarilgan, natijada Antarktida va Arktika muzliklarining  hududi tobora qisqarib bormoqda.