Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Global indeksda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston 62-o‘rinni egalladi
17:42 / 2023-11-08

Poytaxtimizda "Global indeks talablariga muvofiq O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini yuritish tizimini yaratish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Ayollar tadbirkorligi haftaligi – 2023" doirasida tashkil etilgan tadbir “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi, Britaniya menejment universiteti va Xalqaro xususiy tadbirkorlik markazi (CIPE) bilan hamkorlikda  tashkil etildi.    

“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib ayollar uchun ishbilarmonlik muhiti va mamlakatimizda ayollar biznesining istiqbollarini o‘lchash bo‘yicha ayollar tadbirkorligining Global indeksini joriy etish tashabbusi bilan chiqdi.  

Ushbu indeks butun dunyo bo‘ylab ayollar tadbirkorligi salohiyatini rivojlantirishni o‘lchaydigan o‘ziga xos indeksdir.  

Ekspertlar O‘zbekiston uchun ayollar tadbirkorligining global reytingi indeksi va uni hisoblash metodologiyasini kuzatdi. Natijalar ushbu sohadagi rivojlanish darajasini aniqlash, islohotlar samaradorligini baholash, boshqa mamlakatlar qatori milliy taraqqiyotni baholashda muhim ahamiyatga egadir.  

O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligining Global indeksi ko‘rsatkichlari asosida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi tizimni shakllantirish bosqichlari belgilanib, umumiy holat xalqaro standartlarni ishlab chiqish va baholashda foydalaniladigan 33 ta ko‘rsatkich yordamida baholanadi.  

Indeksga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha islohotlar samaradorligi qariyb 30 foizni tashkil etadi. O‘zbekiston dunyoning boshqa mamlakatlari orasida 62-o‘rinni egalladi.  

Shu bilan birga, uchta muhim omil hisobga olinadi – ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlik ekotizimi va ayollarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi.  

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash va taqdim etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar hamda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning milliy tizimi-yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.  

Bu boradagi navbatdagi muhim qadam mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda yaxlit tizimning jamlanishidir.  

Davra suhbati davomida O‘zbekiston iqtisodiyotida ayollar tadbirkorligining roli bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Genderga yo‘naltirilgan statistika ma’lumotlarini shakllantirishning asosiy muammolari va istiqbollari e’lon qilindi. Ekspertlar O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligi faoliyati va taraqqiyotini baholashning Milliy tizimi bilan tanishtirildi.  

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA