Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Global forum ishtirokchilari Samarqandda
17:01 / 2023-12-01

Poytaxtimizda o‘tkazilgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha ikkinchi global forumi ishtirokchilari bugun Samarqandda bo‘ldi.

Xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari Samarqand shahridagi muqaddas qadamjolar, diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, yurtimiz tarixi, boy madaniyatimiz bilan yaqindan tanishdi.

– Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha ikkinchi global forumida ishtirokimiz davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni nechog‘lik to‘g‘ri va aniq maqsadlarga yo‘naltirilganligiga guvoh bo‘ldik, – deydi Turkiy davlatlar parlamentlar assambleyasi bosh kotibi o‘rinbosari Soqi Sodiqov. – Forum yakunida tashkil etilayotgan madaniy tadbirlardan mamnunmiz. Samarqand buyuk jahongir Amir Temur asos solgan qudratli turkiy davlat markazi sifatida alohida ahamiyatga ega. Biz ana shunday buyuk zaminga qadam qo‘yganimizdan, uning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilayotganimizdan faxrlanamiz. Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va boshqa tarixiy joylarda bo‘lib, o‘tmishni xotirladik.

[gallery-14847]

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari