Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Global biznes va savdodagi o‘zgaruvchan trendlar
15:30 / 2024-07-10

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Global biznes va savdodagi o‘zgaruvchan trendlar» mavzusida 32-xalqaro konferensiya va tadqiqot simpoziumi bo‘lib o‘tdi.

Koreyaning Global biznes va savdo xalqaro akademiyasi hamda Koreya xalqaro savdo va tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro tadbirda O‘zbekiston, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Filippin, Ruminiya, Germaniya, AQSH kabi yigirmaga yaqin davlatdan xorijiy ekspertlar, mutaxassislar ishtirok etdi.

Unda so‘z olganlar qayd etganidek, ushbu anjuman jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, tajriba almashish hamda hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, bunday imkoniyat milliy iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlashda ilmiy asoslangan amaliy takliflarni ilgari surish, jahonning rivojlangan davlatlari tajribasidan, texnologiyalari va ilmiy yutuqlaridan foydalanish, xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, kuchli raqobat sharoitida biznesni rivojlantirish va zamonaviy savdo uslublarini joriy etishda qo‘l keladi.

Anjumanda ishtirokchilar mavzu doirasida o‘z fikrlarini bildirar ekan, bu jarayonda xorijiy tajribalarni o‘rganish barobarida yurtimiz iqtisodiy rivojlanishida ilmi va kreativ fikrlashi bilan o‘zining hissasini qo‘shadigan kadrlar yetishtirish davr talabi ekaniga e’tibor qaratdi.

Tadbir yakunida mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va bu yo‘nalishda salohiyatli kadrlar yetkazib berish yo‘lida ilmiy-amaliy aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA