Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Global baholash tashabbusi ekspertlari missiyasi – Senatda
10:01 / 2023-06-23

Oliy Majlis Senatida Global baholash tashabbusi ekspertlari missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, Global baholash tashabbusi amaldagi ma’lumotlarni monitoring qilish, baholash va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirishda mamlakatlarga yordam beradigan tashkilotlar hamda ekspertlarning global koalitsiyasi hisoblanadi. 

Muloqot chog‘ida Senatda byudjetni ko‘rib chiqish, nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini o‘rganish, hukumat a’zolarining hisobotini eshitish va ular tomonidan axborotlar taqdim etish hamda milliy BRMlarni amalga oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashildi. 

Yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq Senatning vakolatlarini kengaytirish va rolini kuchaytirish, uning mamlakat milliy strategiyalarini shakllantirish hamda amalga oshirish jarayonidagi ishtiroki, mahalliy Kengashlar deputatlarining davlat dasturlari va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish tartib-taomiliga jalb etilgani alohida qiziqish uyg‘otdi. 

Ekspertlar Senat qo‘mitalari va Kengashi majlislarini o‘tkazish tartibi hamda muddatlari, ular tomonidan nazorat tadbirlarini o‘tkazishda ma’lumotlar to‘plash tartib-taomili va metodologiyasi, Senatning har bir qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan ekspertlar guruhlari faoliyati, shuningdek, ularning qo‘mitalar faoliyatiga jalb etilganlik darajasi bilan qiziqdi. 

N.Abduraimova, O‘zA