English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlikka qarshi reyd va tezkor tadbirlar kuchaytirilmoqda
09:58 / 2022-08-09

Giyohvandlik vositalari og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaruvchi kasalliklarga sabab bo‘libgina qolmay, jinoyatlarga ham sabab bo‘ladi.

Shu bois ichki ishlar organlari xodimlari giyohvandlikka qarshi doimiy kurashib kelmoqda. Ayni kunlarda yurtimizda «Qoradori- 2022» tadbiri doirasida reyd va tezkor tadbirlar yanada kuchaytirildi.

Farg‘ona shahrida ichki ishlar xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.F o‘zini shubhali tarzda tutgani e’tiborni tortdi.

Fuqaro xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rilganida, uning cho‘ntagida «gashish» giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar ichki ishlar tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sog‘liq uchun xavfli ekani, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida yana bir bor ogohlantiradi.

O‘zA