Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda
19:55 / 2025-12-07

Qashqadaryo viloyatida giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida mutasaddi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keng ko‘lamli tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Viloyat bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, ichki ishlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlar davomida qator noqonuniy holatlar fosh etildi.

Xususan, Shahrisabz shahrida yashovchi fuqaroning xonadonini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish jarayonida yerto‘lada sof og‘irligi 570 gramm bo‘lgan “marixuana” moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.

Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan tezkor harakatlar vaqtida fuqaroning yashash xonadonidan erkaklar kurtkasiga o‘ralgan qora sellofan paket ichida 250 gramm quritilgan “marixuana” moddasi aniqlandi.

Shuningdek, Shahrisabz tumanida YPX xodimlari hamkorligida to‘xtatilgan “Kobalt” rusumli avtomashinani ko‘zdan kechirish chog‘ida old o‘rindiq ostidan 50 grammdan ortiq giyohvand modda topildi.

Aniqlangan barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Bojxona boshqarmasi tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, profilaktika va keng jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA