Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlik vositasini yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
16:36 / 2023-09-26

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorij fuqarosi “Body ssaner” qurilmasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs 8 dona o‘ramdagi 376,5 gr. “opiy”  giyohvandlik vositasini yashirincha, yurtimizga olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlandi.    

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.    

   

Sh.Mamaturopova, OʻzA