Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlik vositasi tarqalishiga chek qo‘yildi
15:10 / 2024-05-31

“Qora dori – 2024” tezkor profilaktik oyligi doirasida Toshkent viloyati IIBB va hududiy bo‘lim tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikdagi organlar bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirda ko‘p miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatish maqsadida olib ketayotgan shaxs ushlandi.

33 yoshli fuqaro M.I. Bo‘stonliq tumani hududida gumonlanib tekshirilgan. Uning yonida bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismi (reduktor) ichiga joylashtirilgan 12 ta o‘ramda (qora bozordagi taxminiy narxi 4 milliard 800 million so‘mga teng) bo‘lgan 6 kilogramm sintetik giyohvandlik vositasi (ekspertiza xulosasi) borligi aniqlandi va daliliy ashyo sifatida olindi.  

Ushlangan shaxsning yashash xonadoni tekshirilganida sintetik vositalarni kichik miqdorga ajratib, qadoqlash va tarqatish uchun kerakli vositalar borligi ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Dastlabki surishtiruvga ko‘ra,  ushbu sintetik giyohvandlik vositalari tegishli telegram bot orqali Qirg‘iz Respublikasidan vodiy viloyatlari orqali yetkazib berilgani ma’lum bo‘ldi. Hozir ushbu sintetik giyohvandlik vositalarining manbasini aniqlash bo‘yicha tezkor qidiruv tadbirlari davom etmoqda.  

A.Musayev, O‘zA muxbiri