Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlik vositalarini “zakladka” orqali tarqatishga chek quyildi
10:29 / 2026-01-22

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir davomida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi dehqon bozori hududidagi hojatxona orqasida yashirilgan 20 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlandi.

Tezkor qidiruv ishlari davomida ushbu jinoyatga aloqador shaxsning sherigi Mirzo Ulug‘bek tumani Olmachi mahallasi hududida qo‘lga olindi. Uning o‘ng cho‘ntagidan og‘irligi 11 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi topildi.

Bundan tashqari, Olmachi mahallasida joylashgan xonadon ko‘zdan kechirildi. Oshxona qismidan 2 o‘ramda jami 525 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi, yotoqxona qismida esa giyohvandlik vositalarini qadoqlashda foydalaniladigan “zip” paketlar, 2 dona elektron tarozi, magnit moslamalari hamda 144 dona alohida qadoqlangan, magnit moslamalari biriktirilgan o‘ramlar bilan birga 276 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi fosh etildi.

Hozirda holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hamroz Bayanov,

O‘zA