English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasiga oid hukumat qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi
14:39 / 2023-08-21

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi giyohvandlik vositalari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasining oldini olish, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish nazoratini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra,  Hukumat qarorlariga: 

O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi taqiqlangan “LSD”, “a-PVP” hamda “Katinonlar” guruhiga kiruvchi sintetik giyohvandlik vositalarini amaliyotda qo‘llash yuzasidan aniqliklar kiritish; 

“Tapentadol” giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosi hamda iste’molining oldini olish maqsadida uni O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi cheklangan giyohvandlik vositalarining ro‘yxatiga qo‘shish;

kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasi bilan bog‘liq nazoratni yanada kuchaytirish, ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi rasmiylashtiruvini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning TIF TH kodlarini joriy etish kabi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

O‘zA