Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi
15:24 / 2024-12-23

Huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida yashovchi, 1975 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro I.I. “Telegram” messenjerida giyohvandlik vositalari sotish bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh a’zosi tomonidan gaz pechi ichiga yashirilib, Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan 321 gr. “5F-APINACA” nomli sintetik narkotik moddani qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, keyinroq I.I. tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan ushbu ajal og‘usini olish uchun kelgan vaqtida Andijon viloyatining Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi, 1993 y.t. J.S. ham ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, UJG a’zosi topshirig‘iga ko‘ra, J.S. Andijon shahridagi xonadonlardan birini ijaraga olib, u yerda narkolaboratoriya tashkil qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, J.S. tomonidan Marhamat tumani hududidagi xufiya joyga yashirib qo‘yilgan 4 kg. 372 gr. “a-PVP” sintetik narkotik moddasi ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.  

Holat yuzasidan ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudi tomonidan mazkur shaxslar Jinoyat Kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, I.I. 13 yil 6 oy va J.S. 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

O‘zA