Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi
11:40 / 2023-01-27

Giyohvandlik vositalari, kuchli ta’sir qiluvchi dorilar inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi bilan bir qatorda nomaqbul ishlar, hatto jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun taqiqlangan vositalar savdosi va tarqatilishiga qarshi muntazam kurash olib borilmoqda.  

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqarolar B.I.,  R.F va Sh.T.lar bilan birgalikda xaridorga jami 210 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositasini 1,5 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.  

Fuqaro B.I.ning yonida 5,2 gramm “gashish” giyohvand moddasi ham borligi aniqlandi.  

Farg‘ona viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda esa fuqaro T.A. ko‘p qavatli uylarning birida 550 ming so‘m evaziga sellofan paketga o‘ralgan “gashish” giyohvand moddasini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Bunday jinoyatlarni sodir etganlar Jinoyat kodeksiga muvofiq yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.  

 

O‘zA