Yoshlar ma’naviyati misoli tiniq suv. Ammo shu tiniq suvni loyqalatuvchi illatlar ham borki, ularga qarshi muntazam kurashmoq shart.
Shu maqsadda I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda zararli illatlarning oldini olishga qaratilgan “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurash” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.


Uchrashuvda soha mutaxassislari tomonidan bugungi kunda yoshlar orasida tarqalayotgan sintetik giyohvandik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligi hamda ijtimoiy hayotiga salbiy ta’siri, ularning ayanchli oqibatlari hayotiy misollar orqali tushuntirib o‘tildi.


Shuningdek, huquq-tartibot idoralari vakillari ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.


Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javoblar oldi.
Sherbek Islomov, O‘zA