Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlik – umr zavoli
14:42 / 2022-07-04

Keyingi asrlarda butun kurrai zaminga keng tarqalgan bir illat bugungi kunda hammamizga tashvish bo‘lmoqda. Bu illat – giyohvandlik.

Giyohvandlik nafaqat bu illat bilan shug‘ullanuvchilarga, balki butun jamiyatga tahdid soladi. Shuning uchun ham har yili 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.  

Sana munosabati bilan yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlarida, litsey va kollej, maktab va boshqa o‘quv muassasasalarida barcha soha vakillari hamkorligida tadbirlar o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib boriladi. 

Ana shunday tadbirlar doirasida Toshkent shahar bojxona boshqarmasida Respublikasi ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi vrach-narkologi Sayyora Intizorova  ishtirokida  boshqarma va bojxona postlari xodimlari uchun o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.  

Unda mutaxassis tomonidan bugungi kunda giyohvandlikka qarshi kurash borasida xalqaro tajriba va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib, giyohvandlik oqibatida o‘z kelajagi, hayotini qorong‘u kunlarga almashgan shaxslarning achinarli qismatlarini hayotiy misollar asosida bojxonachilarga tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek, davra suhbatida, ayniqsa, qiz bolalarning giyohvandlik asiriga aylanishi, millat fojeasi, kelajak avlodlarning nosog‘lom, nogiron bo‘lib tug‘ilishiga sabab bo‘lishini ta’kidlandi.   

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 2021 yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 7142 ta jinoyat fosh etilgan.  

2020 yilda bu ko‘rsatkich 6032 tani tashkil qilgan. 

2021 yilda respublikada giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishida 1 tonna 864,4 kg. miqdordagi narkotik moddalar musodara qilingan. 

2021 yilda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni amalga oshirgan shaxslarning 131 nafari chet el fuqarolaridir. 

"26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni" munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan narkotiklarni yoqish tadbirida bu yil 133 kg. 713,5 gr. geroin, 159 kg. 478 gr. opiy, 1 tonnadan oshiq gashish, 300 kg. 786 gr. marixuana, 79 kg. 842,5 gr. ko‘knor, 247 kg. 150,4 gr. kannabis  hamda turli xildagi psixtrop va psixofaol moddalar yoqib yuborildi. 

Yo‘q qilinadigan narkotik moddalarning 530 kg.dan ortig‘i respublikamiz bojxonachilari hissasiga to‘g‘ri kelib, ular tomonidan tezkor tadbirlarda ushlab qolingan. 

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 186 ta holatda 558,4 kg. giyohvandlik vositalarining noqonuniy olib o‘tilishi va ichki hududdagi aylanmasiga chek qo‘yildi. 

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi 

Axborot xizmati