Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlik savdosi fosh etildi
15:35 / 2025-12-12

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xodimlari tomonidan viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi fuqaro “shartli xaridor”ga og‘irligi 20,17 gramm bo‘lgan “geroin” giyohvandlik vositasini 45 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  farmoniga muvofiq, endilikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga jazo choralari keskin kuchaytirildi hamda yoshlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uchun javobgarlik ham og‘irlashtirilmoqda.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA muxbiri