Giyohvandlik o‘simligini o‘stirayotgan fuqaro aniqlandi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, “Qoradori-2021” profilaktik tadbirlari doirasida ko‘plab jinoyatlar aniqlanmoqda.
Kogon shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olingan ma’lumot asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, shaharning Adolat ko‘chasida yashovchi, 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro M.F.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Natijada uyining tomorqa yer maydonida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika bo‘limi xulosasiga ko‘ra, 1 tup “Kannabis” giyohvandlik o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.F. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Z.Komilov, O‘zA