Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlik moddasini pullagan shaxslar qo‘lga olindi
17:07 / 2025-12-15

Giyohvandlik vositalariga qarshi olib borilayotgan keskin kurash natijasida 1 kilogramm 22 gramm og‘irlikdagi “opiy” giyohvandlik moddasini pullashga uringan shaxslar fosh etildi.

Mazkur holat Buxoro va Samarqand viloyatlari bojxona boshqarmalarining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limlari tezkor vakillari, DXX Buxoro viloyati boshqarmasi hamda Samarqand viloyati IIB xodimlarining o‘zaro hamkorligi natijasida aniqlandi.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida og‘ufurushlar 480 million so‘m evaziga 1 kilogramm 22 gramm og‘irlikdagi “opiy” giyohvandlik moddasini shartli xaridorga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.