DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda giyohvand moddalar noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Dastlab Surxondaryo viloyati Denov tumani «Jomiy» mahalla fuqarolar yig‘ini «Karvon yo‘li» ko‘chasida yashovchi M.H. hamtovoqlari bilan jinoiy til biriktirib, katta miqdorda giyohvand modalari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgani xususida ma’lumotlar olindi.
Olib borilgan tadbirlar davomida M.H. giyohvand moddalarini jinioy sherigi Denov tumani, «O‘rtaqishloq» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Termiz davlat universitatening jismoniy tarbiya fakulteti sirtqi bo‘lib 4-kurs talabasi S.X.dan olayotgani aniqlandi.
M.H. va S.X. 3 aprel kuni Denov shahrida uchrashib, o‘rami bilan birgalikda umumiy vazni 1 kg. 28 gramm «opiy» giyohvandlik moddasini Termiz tumanida joylashgan Termiz tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona maskani avtoturargohida kutayotgan «shartli mijozi»ga olib kelib, 8000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtda jinoiyat ustida qo‘lga olindi.
S.X. shaxsiy tintuvdan o‘tkazilganda, uning egnidagi sport kiyimidan polietilen paket parchasiga qadoqlangan og‘irligi 0,94 gr. «opiy» giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi.
Olib borilgan operativ so‘rov tadbirlari davomida S.X. giyohvand moddalarni Denov tumani «Mehnatobod» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.J.dan olganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.
Hozirgi vaqtda M.H. S.X, A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi va 246-moddalari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atish rejalashtirilgan.
O‘zA