Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvand moddalarni noqonuniy saqlayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
16:21 / 2021-05-06

Farg‘ona viloyati hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan giyohvand moddalarni noqonuniy saqlanishi bilan bog‘liq holatlar aniqlangan.

Bu haqida Ichki ishlar vazirligi JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar bermoqda.

O‘zbekiston tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori – 2021” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida O‘zbekiston tumani “Qaynar” mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro R.K.ning yashash xonadoni hovlisining chetidagi mevali daraxtlarning tagida jami 22 tup, bo‘yi taxminan 7-12 sm. bo‘lgan yashil rangli, o‘ziga xos hidli “Ko‘knor” o‘simligiga o‘xshash o‘simlik yetishtirib kelinayotganligi aniqlangan.

O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertizaning xulosasida fuqaro R.K.ning yashash xonadonidan olingan o‘simlik «opiyli ko‘knor o‘simligi» deb ataluvchi giyohvandlik o‘simliklar turkumiga kirishi ko‘rsatilgan.

Tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Qorayozbobo” mahallasida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan, fuqaro M.T.ning tomorqasidagi kartoshka ekinlari orasida «marixuana o‘simligi» deb ataluvchi giyohvandlik o‘simliklari turkumiga kiruvchi 10 tup o‘simlik aniqlangan. Fuqaro M.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

30 aprel kuni Quva tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Quva tumani “Toshhovuz” mahallasida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro M.F.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida oq rangli bozor sumkada yashil rangli, o‘tkir hidli “nasha” giyohvand o‘simligiga o‘xshash moddani saqlab kelayotganligi aniqlangan.  

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, M.F.ning xonadonidan olingan moddaning sof vazni 36.45 gramm “Kannabis” giyohvand vositasi ekanligi aniqlangan. Unga Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

M. Sulaymonov,

O‘zA