Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvand moddalar savdosining oldi olindi
14:59 / 2023-11-16

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatdagi huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tadbirlarda bir qator holatlar aniqlandi.

Urgut tumanida 1994 yilda tug‘ilgan A.I. va 1998 yilda tug‘ilgan X.I. Samarqand shahri hududida mahalliy fuqaroga 1 kilogramm 888,5 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini sotishni rejalashtirgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Samarqand viloyati IIB xodimlari bilan birgalikda Payariq tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan Q.O‘.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 385,5 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Tadbir davomida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida ro‘yxatda turuvchi, 2003 yilda tug‘ilgan M.M. va Toyloq tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan N.O. jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqaroga 888 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Reduksin”, “Sinzishou”, “Lishou”, “Fit-90” va “Karbamazepin” dori vositalarini sotayotgan vaqtda ushlandi.

Samarqand tumanida qayd etilgan yana bir holatda dorixona sotuvchisi, 1983 yilda tug‘ilgan T.Z.T. 44 dona “Tebantin” psixotrop dori vositalarini mahalliy fuqaroga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.  

Tadbir davomida dorixona ko‘zdan kechirilganda 336 dona “Tebantin” psixotrop dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

G‘.Hasanov,

O‘zA muxbiri