Giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, hamda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan, To‘rtko‘l tumanida olingan ma’lumot asosida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida giyohvand moddalar savdosining oldi olindi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan uch nafar shaxs tekshirilganda, ularning yonida bir dona katta zip paketda oq rangdagi kristall kukunsimon sof og‘irligi 28,848 gr bo‘lgan metamfetamin sintetik va oq rangdagi o‘tkir hidli og‘irligi 9,61 gr bo‘lgan “geroin” giyohvand moddalari borligi aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha bojxona boshqarmasi surishtiruv sho‘’basi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA