Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida naqd xorijiy valyuta yashirincha olib chiqilishi to‘xtatib qolindi
10:42 / 2023-08-14

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasidan qo‘shni davlatga chiqib ketish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga fuqaro A.I. boshqaruvida kirib kelgan “Treker” rusumli yengil avtoulovi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada avtoulovning salonida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan 42 780 AQSH dollar naqd xorijiy valyutasi borligi aniqlandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, amaldagi tartiblarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 100 million so‘m ekvivalentiga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.

 

O‘zA