Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 5 fevraldan e’tiboran 4 oyga yopiladi
14:48 / 2025-02-02

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 5 fevraldan e’tiboran 4 oyga yopiladi.

Cheklov mazkur postdagi ulkan qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. Xususan, postda vaqtinchalik binolarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, postga tutash hududda zarur infratuzilmani tashkil etish nazarda tutilgan.

“G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati 2025 yilning 5 fevral kunidan “Navoiy” chegara bojxona postiga yo‘naltiriladi.

Yangidan zamonaviy tarzda bunyod etilgan “Navoiy” chegara bojxona posti ham Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan bo‘lib, “G‘ishtko‘prik” postiga yaqin hudud hisoblanadi.  

Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA