Gipsdan bejirim buyumlar yasayotgan yosh hunarmand (+video)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida yashovchi Shahribonu Yusupboyeva uy sharoitida gipsdan turli suvenir buyumlar yasash bilan shug‘ullanadi. U “Hunarmand” uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi a’zosi.
[gallery-26752]
Qo‘l mehnatining zamonaviy turi – “Resin Art Gips” yo‘nalishida ijod qilayotgan Shahribonuning ishlariga talab yuqori. U yasagan har bir buyum bejirimligi, betakrorligi va sifati bilan xaridorgir.
Yosh hunarmand shuningdek, kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan ishsiz besh nafar xotin-qizni shogirdlikka olib, o‘z hunari sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qUF0oBvgR-8" title="Gipsdan bejirim buyumlar yasayotgan yosh hunarmand" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA