Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ginness rekordlar kitobi” qahramonlari taqdirlandi
17:51 / 2025-08-26

FOTOREPORTAJ

Avval xabar berilganidek, joriy yil 18 avgust kuni Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz yoshlari tomonidan tarixiy yutuq qayd etilgan edi. 2000 nafar iqtidorli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, dunyo miqyosidagi ulkan natijaga erishdi. Mazkur yutuq mamlakatimiz nomini yana bir bor “Ginness rekordlar kitobi” sahifalariga kiritishga asos bo‘ldi. 

[gallery-24967]

Ushbu natijaga erishish jarayonida Namangan viloyati vakillari, xususan, Namangan davlat texnika universitetining 80 nafar talabasi ham faol ishtirok etib, mazkur sharafli missiyaning amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shdi hamda “Ginness rekordlar kitobi” tashkilotining medallari bilan taqdirlandi.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ushbu amaliyotda eng yuqori natija ko‘rsatgan 5 nafar iqtidorli talaba bilan uchrashdi. Ularning yutuqlarini e’tirof etib, rekordchilarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA