Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gimnastrada endi “Besh tashabbus”da
07:03 / 2023-06-03

FOTOREPORTAJ

Samarqand shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Gimnastrada”  musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ilk bor tashkil qilingan gimnastrada bahsida 16-30 yosh toifasidagi xotin-qizlar ishtirok etdi. Musobaqaning viloyat bosqichida shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16 ta jamoa – har bir jamoada 10 nafardan xotin-qiz respublika yo‘llanmasi uchun bellashdi.

[gallery-12207]

Murosasiz o‘tgan bahslarda Paxtachi tumanining Mirzo Ulug‘bek nomidagi mahallasi xotin-qizlari musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Samarqand shahridagi Navbog‘chiyon mahallasi jamoasi egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Nurobod tumanining Qilichli mahallasi jamoasiga nasib etdi.

- Jamoamiz mahallamizdagi faol xotin-qizlardan iborat, - deydi Mirzo Ulug‘bek nomidagi mahalla jamoasi murabbiyi Shahnoza Bo‘riyeva. - Besh tashabbus olimpiadasining tashkil etilishi mahallalarda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. Jamoamiz a’zolarini ham sportga oshno xotin-qizlar tashkil qiladi. Maqsadimiz respublika bosqichida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritib, mahallamizda sport majmuasi tashkil qilib, sportni ommaviyligini ta’minlashga o‘z hissamizni qo‘shishdan iborat.

Endi g‘olib jamoalar “Gimnastrada” musobaqasining respublika bosqichida A, B va S liga bahslarida kuch sinashadi.

 

Alisher ISROILOV(surat),O‘zA