Bugun mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, ularning jismoniy rivoji, zehniy o‘sishi va kelajakda yuksakyutuqlarga erishishini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Bu borada Prezidentimizning 2022 yil 23 dekabrdagi “Gimnastika sportturlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida respublika Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Namangan viloyati Davlatobod tumani sport maktabida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining viloyat bosqichi musobaqasi ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qiluvchimuhim sport tadbirlaridan biri sifatida e’tirof etildi. Mazkur musobaqa maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida gimnastika turini ommalashtirish,iqtidorli bolalarni saralab olish, kelajak chempionlarga zamin yaratishda muhim ahamiyatga ega.
Tashkilotchilar nafaqat sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, balki bolalarni rag‘batlantirish, ularning qobiliyatini munosibbaholash maqsadini ham ko‘zlagan. Musobaqaning yana bir tomoni, g‘oliblar Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga imtihonsiz qabul qilinishi uchun yo‘llanmagaega bo‘lishdir. Bu esa sportga, xususan uning nafis turi – gimnastikaga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qilishishubhasiz.

Musobaqada viloyat shahar va tumanlaridan saralangan, 6-7 yoshli 24 nafar o‘g‘il-qiz o‘z mahoratini namoyon etdi. Ular tayyorlabkelgan uch daqiqalik chiqishlar orqali jismoniy harakatlar, sahna madaniyati, musiqa, libos va mavzuli harakatlar uyg‘unligi o‘z ifodasini topdi.
Yakuniy natijalariga ko‘ra, qizlar orasida Poptumani 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Malika Nabijonova, o‘g‘il bolalar orasida esa Norin tumani 28-sonli davlat maktabgachata’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Qudratillo Hamidullayev g‘oliblikka loyiq, deb topildi. Ular endilikda Respublika bosqichida Namangan viloyati sharafini himoyaqiladi.

Ushbu musobaqa orqali bolalar ham jismonan, ham ruhan va ma’naviy jihatdan ham baquvvat, bardoshli bo‘lib voyaga yetishlari ta’minlanadi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.