Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gimnastikachilarimiz “Parij-2024” yo‘lidagi kurashlarda qatnashmoqda
13:53 / 2024-02-17

Misr poytaxti Qohirada sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon kubogi birinchi bosqich saralash bahslari ortda qoldi.

Dunyoning 71 ta davlatidan 300 nafardan ziyod sport gimnastikachilari ishtirok etayotgan mazkur musobaqa “Parij-2024” Olimpiadasi yo‘lidagi ilk saralash musobaqasi ekani bilan ahamiyatli. 

Unda mamlakatimizning 6 nafar sport gimnastikachilari o‘z yo‘nalishidagi bahslarda ishtirok etmoqda. Jumladan, jahon sport gimnastikasining afsonasi bo‘lgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina, Rasuljon Abdurahimov, Abdulaziz Mirvaziyev, Humoyun Islomov, Dildora Aripova va Odina Robijonova bahslarga kirishgan. 

Bugun, 17 fevral kuni brusda o‘tgan saralash musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rasuljon Abdurahimov 14.866 ball jamg‘argan holda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Aytish lozim, 20 ta Olimpiya yo‘llanmalarini taqdim etadigan jahon kubogining saralash bosqichi ilk bahslari Qohirada o‘tayotgan bo‘lsa, uning keyingi bosqichi Germaniyada, undan keyingisi Ozarbayjonda va so‘nggi bosqich musobaqasi Qatarda tashkil etiladi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA