Gimnastikachilarimiz Jahon kubogida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
FOTOREPORTAJ
Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichida ilk medallariga sazovor bo‘ldi. Musobaqa doirasida birinchi medallar jamlanmasi yakkalik yo‘nalishining ko‘pkurash dasturida o‘ynalib, unda hamyurtimiz Taxmina Ikromova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, guruh mashqining 3 tasmava 2 ta to‘p dasturida qizlarimiz bronza medallari bilan taqdirlandi.
[gallery-11477]
Yakkalik, ko‘pkurash
🥇 Sofiya Rafayeli (Italiya) 🇮🇹 - 131.85 ball,
🥈 Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) 🇺🇿 - 126.25 ball,
🥉 Margarita Kolosov (Germaniya) 🇩🇪 - 125.20 ball.
Jamoaviy (3 tasmava 2 to‘p)
🥇Xitoy 🇨🇳 – 63.50 ball,
🥈 Germaniya 🇩🇪 - 57.70 ball,
🥉 O‘zbekiston 🇺🇿 - 57.30 ball.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA