Gimnastika: “Prezident kubogi” "Evikids" jamoasiga nasib etdi
Poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan “Universal” sport majmuasida “Gimnastika barcha uchun” shiori ostida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi musobaqasi iqtidorli yoshlarni aniqlash bilan birga aholi vakillarining sog‘lom turmush tarzi bilan oshno tutinishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Respublika final bosqichda hududiy bosqichda saralangan eng kuchli jamoalar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Qizg‘in va shiddatli kechgan musobaqalar yakuniga ko‘ra, Toshkent shahrining "Evikids" jamoasi “Prezident kubogi”ni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan musobaqalar yakunida sovrindorlar tegishli tartibda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

"Evikids"" jamoasiga bosh sovrin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi tantanali ravishda topshirildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA