French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gimnastika: Oksana Chusovitina Germaniyada jahon kubogining ilk bosqichida
12:54 / 2026-02-19

Bugun, 19-fevral kuni Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining ilk bosqich musobaqasi boshlandi.

Jahon kubogining ilk bosqichida o‘tgan yilgi jahon kubogida g‘oliblikka erishgan 10 nafar sportchining 7 nafari qatnashishi tasdiqlangan. Ular orasida avvalgi Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari hamda nufuzli turnirlarning g‘olib va sovrindorlari qatorida Vatanimiz sharafini O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Oksana Chusovitina himoya qiladi.

Kotbus shahrida boshlanayotgan bu yilgi "Chempionlar turniri"ning ilk bosqich musobaqalari 22-fevralga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, sport gimnastikasi bo‘yicha yil davomidagi jahon kubogining navbatdagi bosqich musobaqalari Baku (Ozarbayjon), Antaliya (Turkiya), Qohira (Misr), Osiyek (Xorvatiya) va Doha (Qatar)da  tashkil etilishi belgilangan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA