Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Gilamlar jilosi” ko‘rgazmasi – xalq hunarmandchiligining namoyishi
17:55 / 2025-10-18

Xiva shahridagi “Arda Xiva” turistik majmuasida “Gilamlar jilosi” xalqaro gilam ko‘rgazmasi boshlandi. Xalqaro ko‘rgazma oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda  mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Milliy hunarmandchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi rejalarga bag‘ishlangan anjumanda respublika «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzahmedov, Xorazm viloyat hokimi o‘rinbosari  Botir Saidov va boshqalar  ilk bor o‘tkazilayotgan gilamchilik festivalining maqsadi, ahamiyati va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida so‘zladi.

[gallery-25790]

–  Qadimiy va navqiron Xiva shahrida o‘tkazilayotgan mazkur ko‘rgazma yurtimizning boy madaniy merosi va xalq badiiy san’atining yorqin ifodasidir, – dedi Xorazm viloyat hokimi o‘rinbosari  Botir Saidov. – Prezidentimizning milliy hunarmandchilik rivojiga qaratayotgan yuksak e’tibori va rag‘bati tufayli Xorazm viloyati hunarmandchiligi jadal rivojlanib, jahon hamjamiyatining alohida  e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. “Gilamlar jilosi” ko‘rgazmasi  bu oddiy tadbir emas. Bu  milliy merosimiz, buyuk badiiy madaniyatimiz va xalq hunarmandchiligining yorqin namoyoni, uning xalqaro darajadagi bayramidir.

Ko‘rgazma doirasida gilam to‘qishning jonli namoyishlari, mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, etno-dizaynerlar namoyishi va hunarmandchilik mahsulotlari savdosi kabi ko‘plab tadbirlar o‘tkazilishi ta’kidlandi. Har bir tadbir bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.  

–  Mamlakatimizda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan gilamdo‘zlik an’analarini asrab-avaylash, ilmiy tadqiq etish, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish va keng targ‘ib etish, an’anaviy usulda gilam to‘qiyotgan usta-hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi hamda xorijiy sayyohlarning an’anaviy gilamdo‘zlikka qiziqishini uyg‘otish orqali gilamdo‘zlik bozorini rivojlantirish muhim vazifamiz hisoblanadi, – dedi respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzahmedov. – “Gilamlar jilosi” esa barchamiz uchun ilhom manbai, tajriba almashish maydoni va yangi hamkorliklar boshlanishiga imkoniyat yaratadi.

Anjumanda ishtirok etgan  ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilardan batafsil javoblar oldilar.  

Ahmadjon Shokirov,  

Behzod Saidov (surat),  

O‘zA muxbirlari