Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘ijduvonning 4 ta mahallasida tabiiy gaz ta’minoti yaxshilanadi
16:51 / 2024-01-15

Joylarda tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanining 4 ta – “O‘zanon”, “G‘ovshun”, “Mirzayon”, “Xadicha” mahalla fuqarolar yig‘inlarida gaz ta’minotini yaxshilash uchun yer osti gaz quvuri rekonstruksiya qilinmoqda. 

–Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 6,2 km gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozir 3 kilometrdan ortiq gaz quvurlari ta’mirlandi, –deydi “G‘ijduvontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi Dilshod Po‘latov. – Qurilish ishlari gaz ta’minoti filiali tasarrufidagi Qurilish-montaj boshqarmasi xodimlarining 4 nafar payvandlovchi hamda 6 nafar chilangari tomonidan maxsus mashina va mexanizmlarni jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda. 

Natijada hududlarda istiqomat qiluvchi yigirma mingdan ortiq aholi xonadonida tabiiy gaz ta’minoti yanada yaxshilanishiga erishiladi. 

[gallery-15488]

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbiri