G‘ijduvonliklar ham saylovda faol qatnashmoqda
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi barcha saylov uchastkalarida ovoz berish davom etmoqda.
Ovoz berish jarayoni aholining faol ishtiroki bilan boshlangan. Bular orasida birinchilardan bo‘lib tuman hokimi Sherzod Ashurov ham o‘z oila a’zolari bilan ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.
541-saylov uchastkasi G‘ijduvon tumanidagi 1-maktabda joylashgan. Ayni paytda mazkur uchastka hududida ro‘yxatda turgan saylovchilarning aksariyati Prezident saylovida ishtirok etmoqda.
– 9 iyul saylov kuni ekanligini eshitgan kunimdan buyon o‘zim xohlagan nomzodga ovoz berish haqida jiddiy o‘yladim, – deydi mazkur uchastka hududida ro‘yxatda turuvchi saylovchi Shuhrat Haydarov. – Bugun esa yurtimiz kelajagiga befarq emasligimni amalda isbotladim.
Zarif Komilov, O‘zA