Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘ijduvonlik pillakorlarning shashti baland
14:05 / 2023-05-09

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi pillaxonalarda “kumush tola” ni qabul qilish boshlandi.

–Bir oy burun bir quti ipak qurti va 500 ming so‘m avans puli tariqasidagi rag‘batlantirishni olib, parvarishni boshlagan edik, – deydi ilg‘or pillakorlardan biri “Gulistonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Lazizbek Ravshanov. – Mana, “qozonda bori cho‘michga chiqdi”, 60 kilogramm o‘rniga 78 kilogramm hosil yetishtirganimizdan mamnunmiz. Tarozi boshida rejadan oshiqcha bajargan 18 kilo pillaning har kilosi uchun 40 ming so‘mdan, 720 ming so‘m mukofot pulini ham oldik.  

Ayni paytda barcha tuman pillaxonalarida xuddi shunday gavjum manzaraga guvoh bo‘lish mumkin. Zero, joriy yilgi pillachilik mavsumida viloyatda faoliyat yuritayotgan “kumush tola” yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan birga, qayta ishlovchi korxonalarda bandligi ta’minlanadigan ishchi-xizmatchi soni doimiy tartibda qariyb 5 ming 400 nafarni tashkil etayotgan bo‘lsa, mavsumiy 107 ming nafardan kam bo‘lmasligi ham tarmoq rivojiga qaratilayotgan e’tibor va moddiy rag‘batlantirishning amaldagi natijasidir.  

Zarif Komilov, O‘zA