Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘ijduvondagi “ko‘chmanchilar oroli”ni bilasizmi?
16:42 / 2023-05-11

bugungi kunda davlatimizda turizm sohasini rivojlantirishga oid qator islohotlar olib borilmoqda. Hukumat qarorlari, berilayotgan imtiyozlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar bunga misol.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani markazidan yigirma kilometr uzoqlikda joylashgan “Baraka” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli hududda  turizm sohasini rivojlantirish maqsadida “Ko‘chmanchilar oroli” nomi ostida yangi dam olish ekomaskani bunyod etildi. Endilikda mazkur turistik zona xorijlik mehmonlarni kutib olishga tayyor.  

G‘ijduvonlik tadbirkor Iqlima Jo‘rayeva tumanning 30 gektar ochiq yer maydonida 1 milliard so‘m va AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi USAIDning 31 ming  AQSH dollari evaziga ekomaskanni barpo etdi. Mazkur cho‘l zonasida 40 mingga yaqin turli ko‘chatlar ekildi. Dam oluvchilar uchun bu yerda yurtalar o‘rnatilib,  jihozlangan va barcha sharoitlar yaratildi.    

Maskanda tuya, ot, tuyaqush, parrandalar va turli xil qushlardan iborat hayvonot olamini mujassam etgan bog‘ mavjud. Bu esa o‘z navbatida cho‘l hududidagi jonivorlar haqida tashrif buyurgan sayyohlar uchun ancha qiziqarli. Shuningdek maskanga keluvchilar tuya va otda sayohat, kamondan o‘q otish, sho‘rko‘l kanalida baliq ovlash, shifobaxsh tuya suti  va tabiiy mahsulotlardan bahramand bo‘lishlari mumkin  

–Tug‘ilgan yurtimni sevganim sabab shu joyning gullab-yashnashiga kuch-quvvatim boricha harakat qilib kelyapman, toki Buxoroni dunyo bilsin, tanisin, – deydi Iqlima Jo‘rayeva. – Bu kabi ekomaskanlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Chunki keladigan sayyohlar shahar shovqinidan tashqariroqda dam olishga istak bildirmoqda. Shuning uchun mazkur dam olish maskanini barpo etishga qaror qildim. O‘ylaymanki, u barcha keluvchi mehmonlarimizga manzur bo‘ladi.  

Darhaqiqat, ekomaskan mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun eng sevimli dam olish joylaridan biriga aylanadi.  

Ochilish marosimida G‘ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurov qatnashdi.

Zarif KOMILOV, O‘zA