Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘ijduvonda “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilmoqda
11:15 / 2021-12-04

Buxoroda davlat rahbarining tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etilmoqda.

Massivlarda zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini bunyod qilish, odamlarga zarur shart-sharoitni yaratib berish, hayot sifatini yaxshilashda katta ahamiyatga ega.

Viloyatda “Bog‘dod tajribasi” asosida barpo etilayotgan massivlar uchun Qorako‘l va G‘ijduvon tumanlarida alohida hududlar tanlab olindi.  

G‘ijduvon tumani markazidan bir necha o‘n kilometr uzoqlikda, Qizilqum cho‘liga tutash “Qutchi” massiviga qarashli “Baraka” mahalla fuqarolar yig‘inida ayni kunda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun erkin iqtisodiy zona tashkil qilinmoqda. Mazkur hududda o‘nlab ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish barobarida birinchi bosqichda 500 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi, aholining moddiy manfaatdorligi oshiriladi.

Hududda tadbirkorlik sub’ektlariga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda uzunligi 28 kilometr  bo‘lgan temir yo‘l tarmog‘i qurilishi jadal sur’atda olib borilmoqda. Bu esa hududning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish barobarida yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining uy-joyga muhtoj qatlamlarini turar joy bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.

Mazkur aholi punkti ayni kunda qator istiqbolli loyihalarga ega bunyodkorlik maydoniga aylangan.

Massivda 2022 yildan boshlab, 129 ta bir pod’ezdli, 5 qavatli, jami 2 ming 580 ta energotejamkor uy qurilishi boshlanadi. Zamonaviy turar joy bilan birga, hududda 1 ming 56 o‘rinli umumta’lim maktabi, 360 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, istirohat bog‘i hamda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilmoqda.

Uy-joy massivlari bilan tutash hududda 10 gektar yer maydonida kichik sanoat zonasi tashkil etiladi. Umumiy qiymati 238,9 milliard so‘mlik 158 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish hamda 632 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Hozirda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish bo‘yicha bosh reja sxemalari ishlab chiqilgan. Shunga asosan tezkor ravishda uy-joylarni loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib va belgilangan tartibda qurilish ishlari boshlanmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA