Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘ijduvonda tibbiy ko‘rik
11:11 / 2025-02-20

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Gajdumak” mahalla fuqarolar yig‘ini 62-son oilaviy poliklinikada aholi uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Aholi vakillari xirurg, kardioxirurg, qon-tomir xirurgi, ginekolog, travmatolog, neyroxirurg, lor, bolalar xirurgi, bolalar reanimatologi, kardiolog, nevrolog, terapevt, pediatr, urolog, oftalmolog, toksikolog kabi mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tdi. 

Shuningdek, guruh a’zolari G‘ijduvon tumani tibbiyot birlashmasi “Emergency department” bo‘limi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi va ularga amaliy yordam ko‘rsatildi. Guruh mutaxassislari mazkur bo‘lim faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 iyuldagi “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2021 yil 26 iyuldagi “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bilan tanishdi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Buxoro filiali bilan uzviylik va o‘zaro aloqa olib borish, tuman mutaxassislarini tajriba orttirishiga ko‘maklashish, bemorlarga tibbiy yordam standartlariga muvofiq maslahat va diagnostika, davolashni amalga oshirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi. 

– Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, aholining 67 tasida terapevtik, 128 tasida xirurgik, 45 tasida ginekologik, 35 tasida nevrologik, 35 lor, 22 ko‘z kasalliklar patologiyasi bo‘lgan kasallik turlari aniqlandi. 31 ta bolalarda kasalliklar mavjudligi aniqlanib, ularni sog‘lomlashtirish rejasi tuzildi. Kasalliklar saralanib  sog‘lomlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bugungi kunda tibbiy ko‘rik jarayonida 8 nafar bemorda yuqori texnologik kam invaziv operatsiyalarga muhtojlik aniqlandi, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori muovini F.Haydarov. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri